Sirdaryo viloyat professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishlab chiqarish amaliyotida!

Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlariga chiqarildi.

Bugungi kunda viloyatimizda 11 ta kasb-xunar maktabi, 5 ta kollej va 8 ta texnikumlar faoliyat yuritmoqda.Professional ta’lim muassasalarida 10602 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.Ushbu o‘quvchilar belgilangan reja-grafiklar asosida o‘quv dars mashg‘ulotlarini tugatib, xozirda ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlariga chiqarildi. O‘quvchilar amaliyot davrida tuzilgan shartnomalar asosida turli korxona va tashkilotlarda amaliyotlarini o‘tab, o‘z kasblari bo‘yicha mahoratlarini oshirib bormoqda.

Amaliyot davomida biriktirilgan amaliyot rahbarlaridan tashqari, korxonalarda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tajribali ustozlarga Ustoz-shogird an’anasi asosida biriktirilishi o‘quvchilarni yanada mahoratlarini oshirib borishlariga zamin yaratmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan