2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidan kelib chiqib, barcha professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida 2022-yilga mo‘ljalangan yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Professional ta’lim muassasalari direktorlari tomonidan taqdimotlar belgilangan 8 ta yo‘nalish asosida himoya qilindi.
1. O‘quvchilar bilan individual ishlash, kasbiy mahoratini oshirish, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, tadbirkorlikka va daromad topishga yo‘naltirish bo‘yicha.
2. Pedagoglar salohiyatini oshirish va sifat tarkibini yaxshilash bo‘yicha;
3. Ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, ta’lim sifati va mazmunini ta’minlash bo‘yicha AT tehnologiyalarini qo‘llash va boshqarish;
4. Moddiy-texnika ba’zani mustahkamlash bo‘yicha;
5. Yangi aktual nashr va adabiyotlar bilan ta’minlash;
6. 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha;
7. Ish beruvchilar bilan hamkorlik amaliyotlarini samarali tashkil etish va bitiruvchilar bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha;
8. Moliyaviy faoliyat va byudjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha;
O‘tkazilayotgan taqdimotlar davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan direktorlarga tegishli yo‘nalishlar hamda istiqboldagi rejalarini yanada mustahkamlash yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tildi.