2022 yil 29 yanvar kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi hamda Sirdaryo viloyati kasbiy ta‘limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga Shirin energetika kollejida viloyat professional ta’lim muassasalari uchun “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim berish shakllari” mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.
2022 yil 29 yanvar kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi hamda Sirdaryo viloyati kasbiy ta‘limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga Shirin energetika kollejida viloyat professional ta’lim muassasalari uchun “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim berish shakllari” mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar kun tartibi bo‘yicha:
1. Shirin energetika kollejida amalga oshirilayotgan ishlar (A.Xusanov kollej direktori)
2.Xalqaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlar (Hossam Ahmad Hassanein-Aqua Power)
3.Dual ta’lim shaklida mutaxassis tayyorlashning afzalliklari (Dilfuza Umerova -Yangiyer pedagogika kolleji direktori)
5. Pedagogika kollejlarida dual ta’limni joriy etishda amalga oshirilayotgan ishlar (Muhabbat Tojiboyeva-Sirdaryo pedagogika kolleji direktor o‘rinbosari)
Ko‘zlangan natijalar
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi hamda Sirdaryo viloyati kasbiy ta‘limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamkorligida o’tkazilgan seminar davomida viloyatimizdagi professional ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifatini yaxshilash, o’qituvchilarni attestatsiyadan o’tkazish, masofaviy ta’limni olib borishda e’tibor qaratiladigan asosiy yo’nalishlar, ta’lim muassasalari direktorlari va o’rinbosarlarining ish faoliyatining baholash mezonlarini belgilash, mezonlar asosida muassasalarning reytinglarini ishlab chiqish, professional ta’lim tizimida tub burilish yasash kabi rejalar kelishib olindi.
Seminar davomida ishtirokchilar Shirin energetika kollejida yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan kollejda “ACWA Power (Saudiya Arabistoni) hamda Air Product (AQSH) kompaniyalarining qariyb 2.8 mln AQSH dollari qiymatidagi homiylik mablag’lari hisobidan Shirin energetika kolleji to’liq rekonstruktsiya qilindi va jihozlandi. “ACWA Power Sidarya” XK MChJ bilan tuzilgan energetika tizimi mutaxassislarini tayyorlash bo’yicha tuzilgan shartnomaga asosan hamda O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat qabul komissiyasi majlisining 2021-yil 12-iyuldagi 4-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida kollejda boshlang’ich professional ta’lim darajasidagi 4 ta kasblar bo’yicha 2021/2022-o’quv yili uchun qabul jarayonlari o’tkazildi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan 120 nafar o’quvchilar 4 ta kasblar bo’yicha kollej o’quvchilari safiga qabul qilindi. O’quv jarayonlari tushlikkacha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan boshlang’ich professional ta’lim darajasidagi kasb va mutaxassisliklar uchun tuzilgan hamda tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturlari asosida, tushlikdan keyingi o’quv jarayoni esa “Nomac” kompaniyasi o’quv dasturlari asosida, chuqurlashtirib o’qitiladigan 5 ta umumta’lim fanlari (matematika, fizika, kimyo, informatika va ingliz tili) bo’yicha olib borilmoqda. O’rta professional ta’lim dasturlari asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida 200 dan ortiq o’quvchilar hozirgi kunda ta’lim olmoqdalar.
• Dual ta’lim davomida o‘quvchilar nazariy ta’lim bilan birga ish joylarida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish.
•Dual ta’lim o‘quvchilari ish beruvchilar tomonidan mehnatiga munosib moddiy (ish xaqi bilan) ta’minlash.
• Ish beruvchilar dual ta’lim davomida eng yaxshi mutaxassislarni tanlab olishlari va ishga qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.
• Ta’lim jarayonida ish beruvchilarning ishtiroki kengayadi va ular tayyorlanayotgan mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda bevosita hissa qo‘shadilar.
• Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kadrlar tayyorlash jarayonini tizimli nazorat qilish va ularning reytingini tuzish