Test sinovlari mutaxassisliklarga mos 2 ta fandan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.Fanlar-majmuasi-@rasmiydtmDownload
Bunda, ballar quyidagicha belgilanadi:
-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.2 balldan. Maksimal ball – 96 ball.
-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlangan. Nizomning 2-ilovasi bilan “Professional ta’lim muassasalariga abiryriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish tartibi” belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayonida Respublikadagi kollej va texnikumlarga qabul test sinovlari joriy yilning 20-noyabridan 30-noyabrga qadar (30-noyabr kuni ham) belgilangan tartibda o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.
Test sinovlari katta sig‘imli binolarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 ta kollej va texnikumlarda, Andijon viloyatida 9 tabinoda, Buxoro viloyatida 4 ta binoda, Navoiy viloyatida 4 ta binoda, Jizzax viloyatida 8 ta binoda Namangan viloyatida 3 ta binoda, Xorazm viloyatida 5 ta binoda, Qashqadaryo viloyatida 8 ta binoda, Farg‘ona viloyatida 7 ta binoda, Samarqand viloyatida 10 ta binoda, Sirdary viloyatida 5 ta binoda, Surxondaryo viloyatida 8 ta binoda, Toshkent viloyatida 13 ta binoda, Toshkent shahrida 9 ta binoda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Davlat komissiyasining bayoniga muvofiq 128 ta kollej, 50 ta texnikumga kirish istagida bo‘lgan jami 200 ming nafardan ortiq abituriyentga test sinovi o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bunda, test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi va birinchi smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga birinchi smenada soat 7:00 da, ikkinchi smenada esa 14:00 da yetib kelishi lozim.
Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga abituriyentlar pasporti va ruxsatnomasi orqali kiritiladi.
Respublikadagi kollej va texnikumlarga o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichidagi mutaxassisliklarga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ishlab chiqildi. Test sinovi fanlar majmuasida belgilangan ikkita mutaxassaslik fanidan topshiriladi. Har bir fandan 30 tadan savol bo‘lib, ularni yechish uchun 1 soat vaqt ajratiladi (2 ta fandan 60 ta savolga 2 soat).
1-blokdagi fandan har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball (maksimall 96 ball), 2-blok fanidan har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball (maksimall 93 ball) beriladi. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball miqdori 189 ballni tashkil etadi.
Davlat komissiyasining 7-son bayoniga ko‘ra jarayonga guruh nazoratchisi sifatida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlarini jamoatchilik asosida jalb etish belgilangan.