Xovos tumani 2-son politexnikumida «Prokuror va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xovos tumani 2-son politexnikumida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularni kasbiy yo‘nalishga motivatsiya qilish maqsadida «Prokuror va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Xovos tuman prokurori, adliya maslahatchisi X.M. Abdullayev hamda Xovos tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i B.A. Akromov ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarni har tomonlama yetuk va komil inson qilib tarbiyalash, ularning vatanparvarlik ruhini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bitiruvchilarning tanlagan kasb-hunar yo‘nalishlari, kelajakdagi rejalari, chet tillarini bilish darajasi va o‘z yo‘llarini topish borasidagi fikrlari tinglandi.

Uchrashuvda jami 187 nafar bitiruvchi ishtirok etdi. Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va bunday uchrashuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan