Mirzaobod tuman politexnikumida “Master-klass va ochiq darslar” tashkil etildi.

Mirzaobod tuman politexnikumida o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida “Master-klass va ochiq darslar” tashkil etildi.

Tadbirda Sardoba va Oqoltin tuman politexnikumi hamda Sirdaryo transport texnikumi pedagog jamoalari ishtirok etdi.

Darslarni kuzatish jarayonida qatnashchilar:
✅ ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni qo‘llash,
✅ o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish,
✅ amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganib, o‘zaro fikr almashishdi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarga o‘z pedagogik mahoratini oshirish va ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish imkoniyatini yaratdi.

A «Master Class and Open Lessons» event was organized at the Mirzaobod District Polytechnic to enhance teachers’ scientific potential and implement innovative approaches in the educational process.

The event was attended by teaching staff from Sardoba and Oqoltin District Polytechnics, as well as the Syrdarya Transport Technical School.

During the lesson observation process, participants:
✅ Applied innovative technologies aimed at improving the quality of education,
✅ Developed students’ professional skills,
✅ Studied and exchanged experiences on effectively organizing practical training sessions.

This event provided participants with the opportunity to enhance their pedagogical skills and effectively utilize modern approaches in the educational process.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan