Yoshlarni har tomonlama barkamol va hayotga qat’iy ishonch bilan qaraydigan shaxs sifatida tarbiyalash Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan muhim maqsadlardan biridir.
Yangiyer jamoat salomatligi o‘quvchilarni maqsadlarini aniqlash va qiziqishlarini o‘rganishga qaratilgan psixologik va karyera testlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur testlar orqali o‘quvchilar o‘z qiziqishlari va kuchli jihatlarini aniqlash imkoniga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, bu jarayon ularga kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini tanlashda aniqroq qaror qabul qilishlariga ko‘maklashadi. Ushbu test sinovlari texnikumning pedagog-psixologlari tomonidan zamonaviy usullar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va professional maqsadlarini belgilashga xizmat qilmoqda.

