Sardoba tumani politexnikumida pedagoglar malakasini oshirish va tajriba almashish maqsadida ochiq darslar hamda master-klasslar tashkil etildi.

Joriy yilning 21-yanvar kuni o’tkazilgan tadbirda Oqoltin tumani politexnikumi, Mirzaobod tumani politexnikumi va Sirdaryo transport texnikumining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari boshchiligida o‘qituvchilar va ta’lim ustalari faol ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda o‘quv jarayonini takomillashtirish, ilg‘or usullarni amaliyotga joriy etish va pedagogik mahoratni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan ilg‘or tajribalar o‘rganilib, o‘quv jarayoniga tatbiq qilishga oid fikr-mulohazalar almashildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan