Sirdaryo viloyatidagi Professional ta’lim muassasalari hodimlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sport musobaqalari bo’lib o‘tdi.

2022 yil 8 yanvar kuni Guliston tibbiyot kollejida viloyat professional ta’lim muassasalarning rahbar va pedagog hodimlari o’rtasida «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish» maqsadida sportning shaxmat, stol tennisi va futbol turlaridan musoboqalar bo’lib o’tdi.

Qiziqarli kechgan shaxmat o‘yinida g‘oliblikni Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi ishtirokchisi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Guliston agrotexnologiyalar texnikumi hamda uchinchi o‘rinni Guliston tibbiyot kolleji qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning stol tennisi ham qiziqarli bahslarga boy o‘tdi. SHirin energetika kolleji hodimi faxrli 1-o‘rinni, Sayxunobod tumani 2-son kasb-hunar maktabi 2-o‘rinni, Yangier pedagogika kolleji 3-o‘rinni egallashdi. Musobaqa g‘oliblari  boshqarmaning diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Viloyat professional ta’lim futbol ligasiga ham start berildi. Ilk turda Guliston tumani kasb-hunar maktabi, Mirzaobod tumani kasb-hunar maktabi, Sayhunobod tumani 2-son kasb-hunar maktabi, Guliston tibbiyot kolleji, Yangier tibbiyot kolleji, Sirdaryo axborot texnologiyalari texnikumlari o‘zaro kuch sinashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan