Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan «Nizom», «Qoidalar to‘plami» degan ma’nolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etish joiz.
Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlari belgilab berilgan. Amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-yilligi munosabati bilan Guliston tuman kasb-hunar maktabida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining Dzyudo sport turi bo‘yicha «Barkamol avlod-2021» sport o‘yinlarining 70 kg vazn toifasida Respublika final bosqichi sovrindori ta’lim muassasa o‘quvchisi Karimova Marjona Avazjon qizini faxrli 2-o‘rinni egallab kumush medal sohibi bo‘lgani bilan Guliston tumani kasb-hunar maktabi ma’muriyati nomidan estalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.