Guliston tuman kasb-hunar maktabida “Avtomobil va fizika” oyligi yakunlari bo’yicha tahliliy- tanqidiy yig’ilish bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 9 noyabr kuni Guliston tuman kasb-hunar maktabida 2021-2022 o’quv yilining oktabr oyi davomida o’tkazilgan “Avtomobil va fizika oyligi” yakunlari bo’yicha tahliliy- tanqidiy yig’ilish bo’lib o’tdi. Oy davomida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi. Oktabr oyi davomida faol ishtirok etgan fizika fani o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ta’lim ustasi, guruh rahbarlar ta’lim muassasasining “Tashakkurnomasi” hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. O‘quv yilining oktabr oyi davomida sustkashlikka yo‘l qo‘yib, berilgan topshiriqlarni vaqtida bajarmagan o’qituvchilarga nisbatan qonunchilikda ko‘rsatilgan nizom asosida jazo choralari ko‘rildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan