Viloyat tadbirkorlik markazi binosida «Men atlasdan ko’ylak kiyaman» shiori ostida milliy liboslar ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

2021 yil 14-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Maxalla va oilani qo’llab-quvvtlash boshqarmasi va Sirdaryo viloyati Xotin qizlar tadbirkorlik markazi tashabbusi bilan Guliston shahri Viloyat tadbirkorlik markazi binosida «Men atlasdan ko’ylak kiyaman» milliy liboslar ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlovda liboslar ko’rgazmasi bilan ishtirok etgan Guliston tuman kasb-hunar maktabining «Tikuvchilik» kasbi ishlab chiqarish ta’lim ustasi Anorqulova Jamila Keldiboyevna hamda 8 nafar mazkur ta’lim muassasaning o’quvchi qizlari 1-darajali diplomni qo’lga kiritishdi.

Guliston tuman kasb-hunar maktabi axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan