📆Joriy yilning 23 avgusti kuni Guliston tibbiyot kollejida xududiy boshqarma tashabbusi bilan barcha professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Avgust kengashi seminarlari bo‘lib o‘tdi.
📝Avgust kengashi seminarlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik !” shiori ostida mustaqiligimizning 30 yilligini munosib kutib olish hamda yangi o‘quv yilida oldimizda turgan dolzarb masalalarni ijobiy hal qilishga qaratilgan mavzular asosida tashkil etilganligi bilan boshqa seminarlardan farq qilmoqda.
📌Tashkil etilayotgan seminarlarda barcha rahbarlarga yangi o‘quv yilini boshlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.