Guliston shahrida joylashgan “Bolalar sport majmuasi”da viloyatdagi kasb-hunar maktablarida tuzilgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida jami 11 ta kasb-hunar maktablarining jamoalari ishtirokchilari uchta shart bo‘yicha bellashishdi.
Musobaqaning birinchi shartida, daryodan arqonlar yordamida o‘tish (pereprava) mashqini amalda bajardi.
Musobaqaning ikkinchi sharti, guruhlar o‘rtasida 60 metrga estafetali yugurish shartlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Musobaqaning uchinchi shartida, guruhlarga ikkitadan Favqulodda vaziyatlar borasida umumiy savollar beriladi va besh ballik tizimda baholandi (nazariy).
Har bir yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun ishtirokchilarga jarima ballar va vaqtlar qo‘shib borildi.
O‘tkazilgan musobaqalarda barcha jamoalar o‘zlarining jismoniy chidamliligini, favqulodda vaziyatlar yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yana bir marotaba oshirib tengsiz kurash olib borishidi.
Viloyat miqyosida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqasida jamoalar “Umum-jamoa” hisobida quyidagi o‘rinlarni egalladi:
Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabi jamoasi 1-o‘rinni,
Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi jamoasi 2-o‘rinni,
Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktabi jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqada faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma boshlig‘i tomonidan diplomlar, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabi jamoasi musobaqaning viloyat bosqichida fahrli 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida sport musobaqalariga jami 66 nafar ishtirokchi va komandalarning rahbarlari hamda 12 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi.