Joriy yilning 8-noyabr kuni Mirzaobod tumanidagi kasb-hunar maktabiga Xitoyning Shenzhen viloyatida joylashgan «INWINIC TECHNOLOGY (SHENZHEN) CO, LTD» kompaniyasining marketing bo’yicha menejeri Wang Jie xonim tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi — kelgusida ta’lim jarayoniga investitsiya kiritish va shu orqali yurtimizda ishlab chiqarilayotgan «BYD» elektromobillarga servis xizmat ko’rsatadigan malakali ishchi kadrlarni tayyorlashdir.
Wang Jie xonim va muassasa rahbariyati o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda, ta’lim tizimini zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiya qilish, ayniqsa, elektromobil sohasidagi yangi mutaxassisliklar bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. O’z navbatida, «INWINIC TECHNOLOGY (SHENZHEN) CO, LTD» kompaniyasi Xitoyda elektromobil texnologiyalarini rivojlantirishda katta tajribaga ega bo’lib, bu tajriba yurtimizda ham muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkinligini ta’kidlab o’tdi.