Sirdaryo pedagogika kollejida «Men oʻzimni tahlil qilaman» mavzusida psixologik trening oʻtkazildi.

2024-yil 6-noyabr kuni Sirdaryo pedagogika kollejining «Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi» yoʻnalishi oʻquvchilari uchun psixologik trening oʻtkazildi. Treningdan asosiy maqsad – jamoani jipslashtirish, muomala va muloqotni shakllantirish, shuningdek, oʻquvchilarning oʻzini tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Treningda ishtirok etgan oʻquvchilar bir qator psixologik va muloqotga oid faoliyatlarda qatnashishdi. «Men oʻzimni tahlil qilaman» mavzusida oʻtkazilgan treningda ishtirokchilar oʻzlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish yoʻllarini o‘rganish hamda jamoada oʻzini qanday tutish zarurligini tushunishga harakat qilishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan