Ta’lim muassasa direktorlar ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son Farmoni mazmun mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

2024-yil 25-oktyabrda kuni O’zbekiston Respublikasi prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni mazmun mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda Sirdaryo viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hodimlari hamda ta’lim muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-Farmonning ta’lim tizimiga ta’siri va uning amalga oshirish mexanizmlari.
-Xalqaro ta’lim dasturlarining afzalliklari va ulardan foydalanish usullari.
-Amaliy mashg’ulotlar va ishlab chiqarish bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo’yicha suhbat olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan