Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfini monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-161-son qarori yuzasidan amaliy tadbirlar bo’lib o’tdi.
Tadbirda oʻquvchi-yoshlar bilan Mirzaobod tuman FVB profilaktika va nazorat boʻlimi inspektori, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti katta ilmiy xodimi Bekzod Aktamovlar ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazildi.
Davra suhbatida o’quvchi-yoshlarga seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.