Dastlab, vazir Shirin energetika kollejiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, mas’ullar va o‘qituvchilar bilan muloqot qildi.
Tashrif davomida muassasaning o‘quv va laboratoriya xonalari, o‘quv ustaxonalari, axborot-resurs markazlari, sport inshootlari, oshxonasi ham ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, vazir Q.Sharipov muassasaning Saudiya Arabistonining ACWA POWER kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishib tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.