Viloyat Professional ta’lim muassasalar o’rtasida sport musoboqasi o’tkazildi

Soʻngi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga ayniqsa, aholi salomatligiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu yilning 30 noyabrida imzolangan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soģlom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan. Sirdaryo viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi professional ta’lim muassasalarning pedagog hodimlari o’rtasida joriy yilning 12 dekabr kuni Guliston tibbiyot kollejida sportning stol tennisi hamda shahmat turidan musoboqa o’tkazildi. Bundan tashqari yil davomida o’tkazilib boriladigan «Professional ta’lim chempionligi» mini futbol chempiontiga start berildi. Mazkur musobaqada 18 ta jamoa ishtirok etdi. Musoboqa yakuniga koʻra, ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan