“Pedagogning maqomi to’g’risida”gi Qonun (O’RQ–901-son, 01.02.2024 y.)
🔰 Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to’lash, rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
☑️ Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’si davlat himoyasi ostida bo’ladi.
📁 Umumiy o’rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o’quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.
🚫 Qonunga ko’ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
🔹pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilish;
🔹pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo’lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;