Seminarda dastlab, ta’lim muassasaning o’quv ustaxonasi va hududi bo’ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda, yo’lga qo’yilgan baliqchilik faoliyati 1000 dona Afrika laqqasi hamda ko’paytirish uchun olib kelingan 50 dona o’rdaklar ko’rsatilib o’tildi. 3 sotixli yerda tashkil etilgan issiqxonada «bo’ron» navli pomidor ko’chatlari ham navbatdagi manzil bo’ldi.
Bundan tashqari, o’quv ustaxonasida tikuvchilik hamda payvandlash kasblari bo’yicha yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish ishlari ham seminar qatnashchilarining e’tibor markazida bo’ldi.
Seminar davomida Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i A.Xajimuratov professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda “Byudjetdan tashqari mablag’ topish” bo’yicha o’z takliflarini berib o’tdi. Batafsil