Maʼrifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiy “Teatr bu ibratxonadir” deb atagan boʻlsa, Yurtboshimiz esa teatrni – “…asrlar davomida odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ularning qalbida oliyjanob fazilatlarni goʻzal his-tuygʻularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, doʻstlik va hamjihatlik, yuksak avlod va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda” – deya taʼkidlaydi.
Sirdaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tizimi xodimlarining maʼnaviyatini yuksaltirish, dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning oila aʼzolari bilan birgalikda teatrga tashrifi amalga oshirildi.
Joriy yilning 7-may kuni viloyat Oliy ta’lim hamda professional ta’lim muassasalari xodimlari uchun viloyat Musiqali drama teatrida “Anvar va Ra’no” nomli spektakl namoyish etildi.
Abdulla Qodiriy qalamiga mansub «Mexrobdan chayon» asari asosida «Anvar va Ra’no» spektakli Nigora Goibnazarova tomonidan sahnalashtirildi