Professional ta’lim muassasalar o’rtasida Mini futbol sport turi bo’yicha xotira turniri tashkil etildi

Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog xodimlari o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha “Xotira turniri” musobaqasi tashkil etildi.

Turnirda boshqarma hamda hududlardan saralab olingan jami 10 ta jamoa o’zaro bellashdi. Qizg’in hamda yuqori kayfiyatda o’tkazilgan turnirimizda

🥇-o’rinni Oqoltin tuman kasb-hunar maktabi
🥈-o’rinni Shirin energetika kolleji
🥉-o’rinni Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabi egallashdi.

Yakunda g’olib jamoalarga medallar hamda musobaqa ramzi bo’lgan kubok taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan