O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasining davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga, parlamentlarning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish maqsadida Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktabiga Xovos tuman Adliya bo’limi rahbari Qayumov Ixtiyor Bahtiyorovich va O’zbekiston Respublikasi liberal demokratik partiyasi Xovos tuman markaziy kengash raisi Uralov Bohodir Sobirovich va boshqa partiya etakchilari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 28 yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida Xovos tuman Adliya bo’limi rahbari Qayumov Ixtiyor Bahtiyorovich tadbir qatnashchilariga O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yaratilish tarihi haqida tushuncha berdi. Tadbir davomida kasb-hunar maktabimizga tashrif buyurgan mehmonlariga o’quvchi yoshlarimiz o’zlarining badiy chiqishlarini namoyon etdilar.
Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktabi axborot xizmati