Kasb-hunar maktablari o‘rtasida “Kasb mahorati” musobaqasi bo‘lib  o‘tdi.

Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabida Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tuman kasb-hunar maktablari o‘rtasida “Tikuvchilik”, “Santexnika”, “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” kasblari bo‘yicha «Kasb mahorati» musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada o‘quvchi-yoshlar kasblar bo‘yicha berilgan topshiriqlar asosida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Bajarilgan vazifalar ish beruvchi korxona vakillari hamda mutaxassislar tomonidan baholandi.

Musobaqada.

“Santexnik” kasbi bo‘yicha Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabi,

“Tikuvchilik” kasbi bo‘yicha Sardoba tuman kasb-hunar maktabi,

“Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” kasbi bo‘yicha Oqoltin tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchilari g‘olib deb topildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan