Joriy yilning 9 noyabr kuni Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Sirdaryo viloyatidagi professional ta’lim muassasalarining hududda o’rta bo‘g‘in uchun kadr tayyorlashdagi tutgan o‘rnini mustahkamlash, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini namoyish etish maqsadida «Kasb mahorati» tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga sektor rahbarlari, ish beruvchi korxona, tuman hokimi o‘rinbosari xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda «Ziyokor» mahallasi xotin-qizlar raisi taklif etildi.