“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida Sirdaryolik yoshlar faol ishtirok etishdi.

(https://t.me/OTFIV_Sirdaryo/838)💠Joriy yilning 22-24 may kunlari Toshkent shahrida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Maxsus komissiya tomonidan qo‘yilgan ballar natijalariga ko‘ra,

⭐️Yuldoshev Abror Alisher o‘g‘li tomonidan ishlangan – «Sun’iy qo‘l»,

⭐️Abduroziqov Abdusalom Abdumavlon o‘g‘li tomonidan ishlangan – «Anor mevasi zararkunadalariga qarshi kurashuvchi uskuna»,

⭐️Toshboyev Nurbek O‘tkir o‘g‘li tomonidan ishlangan – «Inson og‘irligi yordamida elektr energiyasini ishlab chiqarish»,

⭐️Fayzullayeva Sevinch Baxtiyor qizi tomonidan ishlangan – “Elintibus” yaraga qarshi surtma ishlab chiqarish loyihalari bilan barcha ishtirokchilar 6 million so‘mdan pul yutug‘ini qo‘lga kiritishdi.

🙂Bundan tashqari eng faol ayol ishtirokchi naminatsiyasi bo‘yicha Xoshimjonova Sevinch Shavkatjon qizi va mavjud muammoga eng yaxshi innovatsion yechim naminatsiyalari bo’yicha Qurbonov Abdulaziz Abduraxmon o’g’li estalik sovg‘alar va sertifikat bilan taqdirlandi.

⭐️Yana bir eng quvonarli yutug‘imiz viloyatimiz ishtirokchilari orasidan Abduvaitov Doniyorbek Anvar o‘g‘li eng faol ixtirochi naminatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan