⚽️Joriy yilning 4-may kuni Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda «Sirdaryo viloyatining 60-yilligi» munosabati bilan Sirdaryo viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat kasb-hunar maktabi o‘quvchi-qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo’yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
🔰O‘tkazilgan musobaqada 11 ta jamoa tarkibida 110 nafar o‘quvchi-qizlar ishtirok etib, unda Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2-o’rinni Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi
3-o’rinni Guliston hamda Sayhunobod tuman 1-son kasb-hunar maktablari qo’lga kiritishdi.
🔰G’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar, diplomlar hamda medallar topshirildi.