“NOMAC” – bu “ACWA Power” kompaniyasi tasarrufidagi issiqlik, shamol va quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha tizim kompaniyasi hisoblanadi.
Kompaniya elektr stansiyalar va ulardagi asosiy hamda yordamchi uskunalardan foydalanish, ularning texnik holatini tahlil etish, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni aniqlash, buning vositasida avariyalarni oldini olish ishlarini olib boradi.
Joriy yilning 15 va 17-aprel kunlari Shirin energetika kollejida Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi bilan tuzilgan memarandumi asosan qabul qilingan guruhlar uchun “NOMAC” kompaniyasining HSE (sog’lik, havfsizlik, atrof muhit muhofazasi boʻyicha) menejeri Mahe Kamil tomonidan ish joylarida ishchilarga yetishi mumkin boʻlgan havf va zararlar turlari va ulardan saqlanish toʻgʻrisida seminar-trening o’tkazildi.