Sirdaryo viloyat professional ta’lim muassasalarida Sirdaryo viloyatining 60 yilligi hamda «Referendum-2023, Kelajaging uchun ovoz ber!’ “Konstitutsiya o‘zimizniki” “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bu – mening Konstitutsiyam” shiorlari ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirlarda pedagog hodimlar hamda o‘quvchilar-yoshlar ishtirok etishmoqda. Tadbirlarda so‘zga chiqqanlar bosh qomusimizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush-tarzi farovonligiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga befarq bo‘lmasdan, siyosiy jarayonda faol ishtirok etish lozimligini ta’kidlandi.