Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi joriy yilning 15-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-noyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6099-sonli farmoni ijrosini taminlash hamda Sirdaryo viloyatining 60-yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati Futbol assotsiasiyasi, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida shahmat-shashka hamda o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futzal bo’yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
Futzal bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 11 ta jamoa tarkibida 110 nafar o‘quvchi-qizlar ishtirok etib, unda Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktabining qizlar jamoasi 1-o’rinni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan ajratilgan sovg‘alar, diplomlar hamda medallar topshirildi.
2-o’rinni Xovos tuman 2-son kasb-hunar maktabi
3-o’rinni Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi
O‘tkazilgan musobaqaning shaxmat sport turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida
1- o’rinni Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi D.Kim
2-o’rinni Sardoba tuman kasb-hunar maktabi o’quvchisi A.Qo’ldoshev
3-o’rinni Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchisi Sh.Pirmuhammedov
Qizlar o‘rtasida
1-o’rinni Sardoba tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchisi N.Esonova
2-o’rinni Oqoltin tuman kasb-hunar maktabi o’quvchisi I.Qo’chqorova
3-o’rinni Sayhunobod tuman kasb-hunar maktabi B.Burhonovalar;
Shashka sport turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida
1-o’rinni Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi B.Donaboyev
2-o’rinni Sardoba tuman kasb-hunar maktabi o’quvchisi D.To’ychiyev
3-o’rinni Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchisi Sh.Qoraqulov
Qizlar o‘rtasida
1-o’rinni Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Sh.Shermatova
2-o’rinni Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabi o’quvchisi M.Ro’ziboyeva
3-o’rinni Oqoltin tuman kasb-hunar maktabi o’quvchisi Sh.Abdujabbarovalar qo‘lga kiritishdi.