Sirdaryo viloyatidagi kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 26-noyabr)

✅ 2020-yil 26-noyabr kuni Yangiyer pedagogika va Sirdaryo pedagogika kollejlariga o’qishga kirish test sinovlari bo’lib o’tdi.

❇️ Test sinovlari 1-smenada 3 ta bino (Yangiyer tibbiyot kolleji sport zali, Yangiyer tibbiyot kolleji faollar zali, Sirdaryo pedagogika kolleji sort zali)da, 2-smena 1 ta bino (Yangiyer tibbiyot kolleji sport zali)da o’tkazildi.

⏰ Test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi, 2-smena esa 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

❇️ Test sinovlarida bir kunda (1- va 2- smena) ishtirok etishi rejalashtirilgan 280 nafar abituriyentdan 225 nafari (80,3%) qatnashdi. 55 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

❇️ Hududga kirishda abituriyentlar tomonidan tartib qoidalar buzilmadi, imtihon jarayonida 3 nafar abituriyent (test jarayonida bir-birlari bilan gaplashgan) test sinovlaridan chetlashtirildi.

⚡️Sirdaryo viloyatida 26-noyabr kuni test sinovlari to’liq yakunlandi.

Ma’lumot uchun:👇
❇️ 2020-yil 23-26-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatidagi Guliston tibbiyot kolleji, Yangiyer tibbiyot kolleji, Yangiyer pedagogika kolleji, Sirdaryo pedagogika kolleji va Sirdaryo Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga o’qishga kirish test sinovlari bo’lib o’tdi.

❇️ Test sinovlari 6 ta binoda tashkil etildi. Unda, test sinovlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan jami 5869 nafar abituriyentdan, 4598 nafari test sinovlarida ishtirok etgan bo’lsa, 1271 nafar abituriyentlar esa test sinovlarida ishtirok etishmadi. Ushbu ko’rsatgich foiz хisobida 78,3 %ni tashkil etadi.

❇️ O’tkazilgan test sinovlari davomida hududga kirishda 1 nafar, imtihon jarayonida 5 nafar, jami 6 nafar abituriyentlar belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan