Joriy yilning 28-aprel kuni Guliston tibbiyot kollejida viloyatdagi professional ta’lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi axborot-resurs markazi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichini o‘tkazildi.
Professional ta’lim muassasalaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini yanada yaxshilash, ularda kitobxon-o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatishni yuqori darajaga ko‘tarish, ta’lim muassasalari o‘quvchilarini bilim manbai bo‘lgan kitobni sevishga ishtiyoqini oshirish hamda eng yaxshi axborot-resurs markazlarini aniqlash va ularning faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida
O‘tkazilgan ko‘rik tanlovda ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar:
1-shartda ishtirokchilar o‘zlari mehnat qilayotgan ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlari faoliyati, tashkil etilgan qulayliklar, axborot resurs markazi ish Nizom asosida tashkil etilganligi, abonement zali ishishing yuritilishi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zali ish jarayoni, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etilganligi bo‘yicha o‘z videolavxalarini namoyish etdilar.
2-shart bo‘yicha esa axborot-rusurs markazi faoliyati bo‘yicha ko‘rgazma va albom namoishi, tashqi va ichqi ko‘rinishi, axborot resurs markazi fondining joylashganligini aks ettiruvchi lavha, o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining risolalari va farmonlari hamda hukumat qarorlaridan yakka va ommaviy tartibda foydalanish xolati, kitob ko‘rgazmalari, stend va plakatlar orqali targ‘ib qilinishi, axborot resurs markazi faoliyatida “Inson qadrini ulig‘lash va faol maxalla yili” davlat dasturi bo‘yicha bajarilgan ishlar, me’yoriy xujjatlarining yuritilishi (inventar, jamlama hisob daftari, kitobxon formuliyari, kutubxona kundaligi) bo‘yicha taqdimot qilindi.
3-shart bo‘yicha axborot resurs markazida veb-saytlari namoyishi, veb-saytining mavjudligi va ta’lim jarayonida qo‘llanilishi, axborot resurs markazi fondining veb-saytga kiritilganligi, axborot resurs markazining kafedralar bilan hamkorlikda elektron darsliklarni yaratilganligi va ta’lim jarayonida qo‘llanilishi, kitobxonlarning veb-saytdan foydalanishi namoyish etildi.
4-shartda Axborot-resurs markazi raxbarlari uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi, Test sinovlari axborot resurs markazi faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, axborot resurs markazi raxbarlarining bilimlari tekshirildi.
5-shart Axborot-resurs markazida kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha erkin mavzu bo‘lib, axborot-resurs markazida badiiy, ilmiy, ijodiy uchrashuvlar, kutubxonaga yangi inovatsion g‘oyalar namoyish etildi.
Ko‘rik tanlovda barcha shartlar bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan Shirin energetika kolleji axborot-resurs markazi 1-o‘rin, Sirdaryo pedagogika kolleji axborot-resurs markazi 2-o‘rin, Oqoltin tuman kasb-hunar maktabi va Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabi axborot resurs markazi 3-o‘ringa munosib deb topildi. Tadbir yakunida g‘oliblar Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining diplom va qimmat baho sovg‘alari bilan taqdirlandi.