O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tarkibidagi Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida 2022-2023 o’quv yili qabuli uchun xalq ta’limi tassarufidagi maktablarning 11-sinf bitiruvchilari hamda texnikum qoshida ochilgan Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida yaratilgan sharoitlarni yaqindan tanishtirish maqsadida tuman (shahar) hokimlarning mahallalardagi yordamchilari, yoshlar ishlari agentligi yetakchilari va mahalla fuqarolar yig’inlari raislari uchun “Ochiq eshiklar kuni”, “Karyera kuni” hamda bu yilgi texnikum bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi hamkorligida mehnat yarmarkasi o’tkazildi.
Tadbirda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmasi boshlig’i I.Tajibayev, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari N.Mamatqulov, Viloyat tashqi migratsiyasi agentligi filiali S.Israilov, Viloyat yoshlar ishlari agentligi xududiy boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosar B.Almamatovlar hamda 600 nafardan ziyod mehmonlar texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlar oldilar. Hozirgi kunda joriy yil bitiruvchilarining 50% idan ortig’i ish bilan ta’minlandi.