Sirdaryo viloyati professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari “Wordskillss Uzbekistan 2022” 3-Milliy chempionatida munosib ishtirok etishdi.

Joriy yilning 16-18 mart kunlari “Wordskillss Uzbekistan 2022” 3-Milliy chempionati  doirasida onlayn saralash chempionati o‘tkazilib, unda 8 ta – “Oshpazlik san’ati”, “quruq qurilish va suvoqchilik”, “Sartaroshlik san’ati”, “Payvandlash texnologiyalari”, “Modalar texnologiyasi”, “Mobil robototexnika”, “Elektromontaj”, “Tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik” kompetensiyalari doirasida Respublika miqyosida jami 23-nafar oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari saralab olindi. Shulardan 3 nafar Sirdaryo viloyati professional ta’lim muassasalar o‘quvchilari   29-30-mart kunlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib o‘tadigan “Wordskillss Uzbekistan 2022” 3-Milliy chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Bir nechta xorijiy tashkilotlar va yurtimizning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan  mazkur chempionatda  chempionat jarayonlari strategik hamkori Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (PROON) va boshqa yetakchi hamkorlar – “Payvandchilik texnologiyalari” yo‘nalishida ESAB, “Quruq qurilish va suvoqchilik ishlari” sohasida “Knauf gips Buxoro” MChJ, elektromontaj kompetensiyasida “ CNC electric ”, “ ProSab ” “ ELECTRO group ”, “ Elelektrika.uz ” kabi kompaniyalar, “Mobil robototexnika” sohasida “ IT-Park Uzbekistan ”, “Tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik” kompetensiyasida Sirg‘ali tibbiyot kolleji, Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi va boshqa yo‘nalishlarda ham bir nechta hamkor tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 34 WSI – «Oshpazlik ishi» yo‘nalishi bo‘yicha Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi 3-o‘rinni ko‘lga kiritdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan