«Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Viloyat kasbiy ta’lim tashkilotlarida ekologik bilimlarni mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish maqsadida «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilar jamoalariga bo‘lingan holda bellashdilar. Ular berilgan shartlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, ekologik qonunchilik, tabiatni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlikka oid savollarga javob berishdi.

Mazkur tanlov yoshlarning ekologiyaga bo‘lgan e’tiborini oshirish, ularga atrof-muhitni asrash bo‘yicha huquqiy bilim va ko‘nikmalar berish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun muhim tajriba maydoniga aylandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan