-nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;
- isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;
- gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
- xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;
- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
- gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;
- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
- isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.