Sirdaryo viloyatini Innovatsion xududga aylantirish: Muammo va yechimlar mavzusida xalqaro anjuman

Sirdaryo viloyatida 27-noyabr kuni innovatsion rivojlanish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimi o’rinbosari Sh.Isakulov, universitet rektori M.Xodjiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho’basi mudiri S.Isanturdiyevlar ishtirok etdi.

Anjumanda Sirdaryo viloyatini innovatsion xududga aylantirishdagi muammolar va yechimlar muhokama qilindi. Asosiy masalalar orasida ta’lim tizimining modernizatsiyasi, investitsiyalarni jalb qilish, yoshlarni innovatsion sohalarga jalb etish va raqamli infratuzilma yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida ko’tarilgan takliflar va rejalashtirilgan loyihalar viloyatni innovatsion xududga aylantirish uchun muhim qadamlar bo’lib xizmat qiladi. Sirdaryo viloyatining innovatsion rivojlanish yo’lida qadam tashlash, uning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlashda, barcha ishtirokchilarning o’zaro hamkorligi va tajriba almashish jarayonlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan